35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Mahalladagi muammolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-«Abdurahmon Jomiy» saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Termiz shahridagi «Abdurahmon Jomiy» mahallasida bo‘lib, hududdagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
O‘rganish davomida mahalla binosi orqa qismida joylashgan kanalizatsiya tarmog‘i bilan bog‘liq muammo atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mazkur holat nafaqat hududning sanitariya-gigiyena holatiga, balki aholining kundalik turmushiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Hudud aholisi va mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida mazkur muammoning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud ehtiyojlar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan muammo deputatning murojaatlar daftariga rasmiy ravishda qayd etildi. Shuningdek, masalaning qonunchilik doirasida hal etilishini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda uning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish belgilab olindi.
Deputatlik nazorati tadbirlari davomida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish, hududlarda mavjud infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish hamda aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish ustuvor vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi.