35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Deputatlik so‘rovi natijasida elektr infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar belgilandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati tomonidan Mang‘itobod mahallasi elektr ta’minoti tarmog‘ini yaxshilash hamda 4 dona temir-beton tayanch o‘rnatish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javob xatida qayd etilishicha, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala belgilangan tartibda o‘rganilib, Mang‘itobod mahallasidagi 10 kVli O‘tarchi elektr uzatish tarmog‘idagi ta’mirtalab tayanchlar o‘rniga 4 dona yangi temir-beton tayanch o‘rnatish ishlari manzilli dasturga kiritilgan.

Shuningdek, mazkur tayanchlarni xarid qilish tuman hokimligining infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Mablag‘ ajratilgach, yangi tayanchlar o‘rnatiladi.