35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish, shuningdek Qo‘qon shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida shahar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bir qator takliflar ko‘rib chiqildi.

Jumladan:
umumta’lim maktablari uchun zamonaviy televizorlar xarid qilish;
mahallalarda ko‘p qavatli uy-joylar va ichki hududlarni ta’mirlash;
sport maydonchalari uchun zarur jihozlarni xarid qilish;
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi binosining ichki isitish tizimini ta’mirlash;
shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan boshqa loyihalarni moliyalashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, 2026-yil II choragi yakunlari bo‘yicha shakllangan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni tegishli yo‘nalishlarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ham komissiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari ma’qullanib, ularni Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4