35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Investitsiya loyihasining bugungi holati bilan yaqindan tanishildi

Investitsiya loyihasining bugungi holati bilan yaqindan tanishildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Javohir Mirzayev hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan belgilangan reja-grafik asosida Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasining ijro holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyiha tashabbuskori "Gidro-stanko-servis" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan avtomobillar uchun ehtiyot qismlar — avtomobil dvigatellari, "Damas" avtomobillari uchun orqa ko‘prik (most) hamda prujinalar ishlab chiqarish loyihasining bugungi kundagi amalga oshirilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur loyiha Germaniya davlati hamkorligida amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 30 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, korxonada yiliga 25 ming tonna avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. Loyihani amalga oshirish muddati 2026–2027-yillar etib belgilangan.

Loyiha doirasida 2026-yilda 20 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning birinchi yarim yilligida 9,2 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilishi prognoz qilingan bo‘lsa, amalda 4,9 mln AQSH dollari o‘zlashtirilgan.

Loyiha Navoiy shahrining “Kimyogar” MFY hududida joylashgan bo‘lib, 2025-yilda 4 gektar yer maydoni auksion savdolari orqali xarid qilingan. Korxona hududi zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan bo‘lib, quvvati 1 MVt bo‘lgan transformator o‘rnatilgan.

Shuningdek, ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha Xitoy va Germaniya davlatlari bilan shartnomalar imzolangan. Hozirgi kunga qadar uskunalarning 20 foizi olib kelinib, ularni montaj qilish ishlari olib borilmoqda. Qolgan uskunalarni 2026-yilning ikkinchi yarim yilligiga qadar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4