Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
PQ-141 ijrosi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat tomonidan o‘rganildi

PQ-141 ijrosi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K.Abdullayeva Termiz tuman hokimligining mas'ul vakili bilan birgalikda Nurafshon MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida hududda toza ichimlik suvi tarmoqlarini tortish hamda ichki yo‘llarni toshlash ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, qurilish-montaj ishlarining borishi va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas'ullar bilan muhokama olib borildi.

Shuningdek, hudud aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash va ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur bunyodkorlik ishlari deputatlik nazoratida davom ettirilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4