Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi bosh mutaxassisi V. Ro‘ziyev tomonidan Qatorterak mahallasi Ziyolilar ko‘chasi boshida aholi bilan sayyor uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar joyida o‘rganildi.

Uchrashuvda mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etib, hududni obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi, kommunal xizmatlar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti va aholini qiynayotgan boshqa masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Fuqarolarning har bir murojaati diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish va amaliy choralar ko‘rish vazifalari belgilab olindi.

🤝 Aholi bilan ochiq muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1