Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
QONUNNI BILING!

#huquqiy_axborot_soati

QONUNNI BILING!

🇺🇿 “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun — mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiluvchi muhim huquqiy hujjatdir.

📅 Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan hamda 2016-yil 14-sentyabrda O‘RQ–406-son bilan kuchga kirgan.

🫥 Qonunning asosiy maqsadi:

🫥 yoshlarning huquq va erkinliklarini kafolatlash;
🫥 sifatli ta’lim olishi va kasb-hunar egallashini qo‘llab-quvvatlash;
🫥 bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish;
🫥 iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
🫥 yoshlarni vatanparvarlik, qonunga hurmat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash;
🫥 sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish.

✅ Yurtimiz taraqqiyoti, Yangi O‘zbekiston bunyodkorligi va jamiyat ravnaqi avvalo bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan chambarchas bog‘liq. Har bir yosh o‘z huquqlarini bilishi, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi hamda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishi muhimdir.

Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi va porloq kelajagi!