Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
BOLA HUQUQLARI — KELAJAK POYDEVORI!

#huquqiy_axborot_soati

BOLA HUQUQLARI — KELAJAK POYDEVORI!

Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 2007-yil 23-noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2007-yil 1-dekabrda Senat tomonidan maʼqullangan bo‘lib, mamlakatimizda har bir bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilishning muhim huquqiy asosidir.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — bolalarning yashash, sogʻlom ulgʻayish, taʼlim olish, erkin fikr bildirish, tibbiy xizmatdan foydalanish, dam olish va har tomonlama kamol topish huquqlarini kafolatlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishdan iborat.

Har bir bola quyidagi huquqlarga ega:

💠 yashash va sogʻlom rivojlanish huquqi;
💠 sifatli taʼlim olish huquqi;
💠 tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi;
💠 zoʻravonlik, kamsitish va ekspluatatsiyaning barcha shakllaridan himoyalanish huquqi;
💠 oilada yashash va tarbiya olish huquqi;
💠 dam olish, madaniy va sport tadbirlarida ishtirok etish huquqi;
💠 oʻz fikrini erkin bildirish va uning manfaatlarini hisobga oldirish huquqi.

Qonung
a muvofiq, davlat organlari, taʼlim muassasalari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik bolalarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularning manfaatlarini himoya qilish borasida masʼul hisoblanadi.

Farzandlarimizning huquqlarini hurmat qilish, ularning xavfsiz, sogʻlom va baxtli voyaga yetishi uchun sharoit yaratish — har birimizning fuqarolik burchimizdir. Chunki bugungi eʼtibor va gʻamxoʻrlik ertangi taraqqiyotning mustahkam poydevorini yaratadi.

🌱 Bolaning baxtli buguni — Yangi Oʻzbekistonning porloq ertasi!