Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
DEPUTAT MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda

DEPUTAT MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "24-Shirin" okrugi deputati Shahnoza Mustafayeva tomonidan tuman obodonlashtirish va ekologiya mas’ullariga yo‘llangan murojaat o‘z ijrosini topdi.

🕯 26-mavzening 18-ko‘p qavatli uyi oldidagi ko‘p yillik chinor daraxtlarini kaltalatish yuzasidan fuqarolardan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan edi. Mazkur masalani o‘rganish va murojaat ijrosini nazorat qilish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hududga chiqib, amalga oshirilgan ishlarni joyida o‘rgandilar.

🗣 O‘rganish davomida daraxtlarni tartibga keltirish bo‘yicha olib borilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududga xizmat ko‘rsatuvchi BSK mas’ullariga atrofni obodonlashtirish, kesilgan va qurigan shoxlarni yig‘ishtirib, hududni toza va tartibli holatga keltirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Fuqarolar murojaatlarining amaliy yechim topishi va hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan bunday ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4