Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Uzun tumanida deputatlar va mas’ullar ishtirokida “mahalla yettiligi” faoliyatiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Uzun tumanida deputatlar va mas’ullar ishtirokida “mahalla yettiligi” faoliyatiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumani mahallalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi raisi O. Soatov, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi va deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.