Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Deputat ko‘targan masala ijrosi joyida o‘rganildi



Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati S. Bektemirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari N. Abdumoʻminova va J. Ashurboyev tomonidan K-3 kanali bo‘yida aholi dam olishi uchun tashkil etilgan hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari hamda tungi yoritish tizimining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma'lumki, Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining avvalgi sessiyalaridan birida deputat S. Bektemirov tomonidan mazkur hududdagi tungi yoritish tizimida mavjud muammolar, jumladan, yoritish ustunlarining bir qismi yaroqsiz holga kelgani va ayrim metall konstruksiyalarning talon-toroj qilingani sababli yoritish tizimi to‘liq ishlamayotgani masalasi ko‘tarilgan edi.

O‘tkazilgan o‘rganish davomida ushbu hududda zamonaviy, quyosh panellari orqali quvvat oluvchi (avtonom) LED yoritish chiroqlari o‘rnatilgani, tungi yoritish tizimi bosqichma-bosqich tiklanib, aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish borasida amaliy ishlar amalga oshirilgani aniqlandi.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur hududdagi obodonlashtirish va yoritish tizimining barqaror faoliyatini ta'minlash yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.