35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
📍 Beshmargan mahallasida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich boshchiligida 5-Beshmargan saylov okrugidan saylangan deputat Xolboyev Oybek Madaminovich va 11-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Dosova Gulxumar Kuranbayevna ishtirokida Beshmargan mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida deputatlar ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan bevosita muloqot qildilar. Xonadonlarda yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolarning turmush tarzi, ichki ko‘chalarning holati hamda aholining mahalla "yettiligi" faoliyatiga bo‘lgan munosabati o‘rganildi.
Bunday bevosita muloqot va joyiga chiqib o‘rganish ishlari mavjud muammolarni aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda aholining fikr va takliflarini inobatga olgan holda tegishli choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Xalq bilan ochiq muloqot, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga xizmat qiladigan amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4