35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Baxtiyor Bazarov tomonidan 21-Turon saylov okrugida joylashgan "Yoshlik" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Baxtiyor Bazarov 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha o‘z deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Jumladan, mazkur davr mobaynida aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasida bajarilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob ruhida o‘tdi. Unda saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda hududni yanada rivojlantirishga doir takliflarini bildirdilar.

Slide 1 of 3