Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Olmazor tumanida Xavfsiz muhitni ta'minlash bo‘yicha 6 oylik natijalar muhokama qilindi

 Olmazor tumanida Xavfsiz muhitni ta'minlash bo‘yicha 6 oylik natijalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyasida Olmazor tumani prokurori, adliya maslaxatchisi – Axunov Axror Ganiyevich tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida tumanda xavfsiz muhitni ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

🔸Hisobotda tumandagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

🔸Sessiya davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan savol va takliflar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, qonunchilik ijrosini ta'minlash hamda tumanda xavfsiz va barqaror muhitni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔸Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni, "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonuni, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi Qonuni talablariga muvofiq deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi tomonidan tumanda qonun ustuvorligi, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini ta'minlashga qaratilgan ishlar ustidan nazorat izchil davom ettiriladi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 6