Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 19¹-modda 

  🏛 Deputatlik nazorati davom etmoqda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Xo‘jaqiya-2 mahallasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔹 Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2026-yil 07-aprelda qabul qilingan VII-22-48-8-119-K/26-son "Sherobod tumanida 2026-yil 1-mavsum doirasida 11–20-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan, eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🏟 Xususan, mazkur qaror asosida moliyalashtirilayotgan 59-son umumta’lim maktabida sun’iy qoplamali stadion qurilishi ishlari bilan tanishildi. Obyektda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, ularning sifati, belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

✅ Deputatlik nazorati davomida mas’ul tashkilotlarga qurilish ishlarini sifatli yakunlash, ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Fuqarolar tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar hudud infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoit yaratish hamda aholi ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4