Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodovlar hamkorligida Jondor mahallasida barpo etilayotgan favvora va ko‘ngilochar maskanda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔹Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, obyektdagi obodonlashtirish ishlari, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga amal qilinishi o‘rganildi. Shuningdek, aholi uchun zamonaviy dam olish maskanini barpo etish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash va fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
🔹Deputat tomonidan qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Mazkur qurilish loyihasi Jondor mahallasining qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirish, aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish hamda hududning jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5