Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Ekspert-maslahat guruhi yig‘ilishida sessiya masalalari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashida Ekspert-maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Qaror loyihalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, ularning huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati hamda ijro mexanizmlarining samaradorligi yuzasidan ekspertlar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar jarayonida kun tartibidagi masalalarni yanada takomillashtirish, ularning mazmunini boyitish hamda qabul qilinadigan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Shuningdek, Kengash faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qabul qilinayotgan qarorlarning puxta huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi hamda ularning amaliyotdagi ijrosini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4