Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
27-sonli maktabda robototexnika muhandislik xonasini tashkil etish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 24-apreldagi VII-20-34-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan 27-sonli umumta’lim maktabida robototexnika muhandislik xonasini tashkil etish ishlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida robototexnika xonasini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, xonaning zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda jihozlanishi, zarur texnik vositalar va o‘quv uskunalari bilan ta’minlanish darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, muhandislik va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, loyiha ijrosining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, robototexnika muhandislik xonasini qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish, jihozlash ishlarini jadallashtirish hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3