Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Mahalla yettiligi faoliyati va infratuzilma loyihalari o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

Mahalla yettiligi faoliyati va infratuzilma loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatning saylov okrugidagi "Yangikent" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati hamda hududda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va davlat dasturlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallaning "Oybek" ko‘chasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari joyida o‘rganildi. Mazkur ko‘chada 1 kilometr uzunlikda piyodalar yo‘lagi barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 350 metr qismida qurilish ishlari yakunlangani qayd etildi.

O‘rganish yakunida ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Deputatlik nazorati doirasida mazkur loyihaning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2