Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
📢🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI 🇺🇿

🏗 Shovot tumanida tashkil etilgan "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–17-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tumanda tashkil etilgan "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yuzasidan qaror qabul qilindi.
💰 Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi yo‘nalishlarga ajratildi:
📹 500 mln so‘m
🔹 Mahallalardagi aholi gavjum hududlarga videokuzatuv kameralari o‘rnatish;
🔹 PTZ turdagi kuzatuv kameralari va zamonaviy kuzatuv qurilmalarini joylashtirish;
🔹 Domofon tizimlarini joriy etish;
🔹 "Namunaviy xavfsiz ko‘cha" va "Namunaviy xavfsiz uy" loyihalarini amalga oshirish.
💡 100 mln so‘m
🔹 Tumanning markaziy ko‘chalari hamda ko‘p qavatli uylar hududlariga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish uchun ajratildi.
🏠 200 mln so‘m
🔹 Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro yashash uyini qayta qurish xarajatlari uchun mablag‘ ajratildi.
🎯 Qarorning asosiy maqsadi:
✅ Aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish;
✅ Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish;
✅ Jamoat xavfsizligini ta’minlash;
✅ Fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhitni shakllantirish.
📋 Qaror bilan mas'ul tashkilotlarga ajratilgan mablag‘larni maqsadli, shaffof va samarali sarflash, belgilangan tartibda moliyalashtirish hamda ijrosini ta’minlash vazifalari yuklatildi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
🇺🇿 Xalq manfaatlari yo‘lida — samarali deputatlik nazorati davom etadi!