Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari N. Irgasheva va  M. Rahmatova hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M. Astanov ishtirokida Navoiy shahridagi 20-Gulzor saylov okrugi, Kimyogar mahallasi hududida joylashgan 3-son oilaviy poliklinikada kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida kiberxavfsizlik sohasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish, internet tarmog‘ida sodir etilayotgan firibgarlik va kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish va korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 5