Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining 4-sonli "To‘rtko‘l" saylov okrugidan (MTDP) saylangan deputat A. Jangaboyeva tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari yuzasidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi hamda hisobot taqdim etildi.
Hisobot yig‘ilishida Bo‘zatov tumani hokimi o‘rinbosari, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari, mahalla faollari hamda saylovchilar ishtirok etdi.
Deputat o‘z hisobotida joriy yilning ikkinchi choragi davomida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan olib borilgan amaliy choralar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ta’kidlash joizki, deputat tashabbusi va amaliy sa’y-harakatlari natijasida Dobal qishlog‘iga 300 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 52 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Mazkur ish aholi turmush sharoitini yaxshilash yo‘lida amalga oshirilgan muhim amaliy ishlardan biri sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar deputatlarning saylovchilar oldidagi hisobdorligini ta’minlash, fuqarolar bilan doimiy aloqani mustahkamlash hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3