Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Mahallada obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oqtepa” mahallasiga tashrif buyurilib, 2026-yil – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

📌 Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga batafsil tushuntirishlar berildi.

🤝 Shuningdek, yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida har bir fuqaroning faol ishtiroki, tashabbuskorligi hamda daxldorlik hissi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

🌳 Uchrashuv davomida mahalla faollari va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni yanada obod etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda jamoatchilik faolligini oshirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.

✅ Mahallalarda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 5