Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Deputat mahallada Mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlash: Piskent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari K. Karimov tomonidan tumanimizdagi ayrim mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatlaridan kelib chiqib, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlarni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi VM-462-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmoni.

Jamg‘armadan mablag‘ ajratish to‘g‘risida: Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari K. Karimov tomonidan Piskent tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish haqidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qarori va Prezidentning 2025-yil 31-yanvardagi PF-17-son Farmoni.

Doimiy komissiya yig‘ilishida mazkur masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw

Slide 1 of 2