35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Yelmuratov mas’ul rahbarlar ishtirokida “Abay” mahallasida bo‘lib, hududning bugungi holatini tanqidiy-tahliliy o‘rgandi.

🔹 O‘rganishlar davomida ko‘chama-ko‘cha yurilib, mahalladagi mavjud holat atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar tahlil qilinib, sanitariya-tozalash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda tashqi ko‘rinishi talab darajasida bo‘lmagan hududlar aniqlandi.

🌳 Shuningdek, hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning muddatlari belgilab olinib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

✅ Mahallalarda qulay va ozoda muhitni yaratish, aholining turmush sifatini yuksaltirish hamda hududlarni yanada obod etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi doimiy nazorat ostida bo‘ladi.

Slide 1 of 6