35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Deputat so‘rovi fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va fuqarolar qabullari davomida bildirilgan murojaatlar asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xususan, "Ganjiravon" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan mahalla hududida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda ichimlik suvi minorasini o‘rnatish masalasi ko‘tarildi. Murojaatda hudud aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur murojaatni atroflicha o‘rganish natijasida deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborilib, mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, ichimlik suvi minorasini o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilishi so‘raldi.

Deputat so‘rovida fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani qayd etildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijrosini ta’minlash, ularni qonuniy asosda hal etish hamda natijadorlikka erishish yuzasidan mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2