Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘tkirjon Shukurov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tumanda suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish belgilangan grafiklarga nisbatan 90 kundan ortiq muddatga kechikayotgani, ayrim mahallalarda esa tarqatish ishlari sust tashkil etilgani aniqlandi.

Xususan, Do‘rmonsoy mahallasida gaz ballonlari tarqatilishi boshlangan bo‘lsa-da, bir oydan ortiq vaqt davomida barcha xonadonlarga yetkazib berilmagani fuqarolar tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Natijada ko‘plab oilalar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar va xotin-qizlar kundalik ehtiyojlarini qondirishda qiyinchilikka duch kelmoqda.