35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Deputat D.Mardonova hamkorlik doirasida tuman adliya bo‘limida bo‘ldi

[26.06.2026 10:27] Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi: [ 4 photos ]

#162_qonun

Deputat D.Mardonova hamkorlik doirasida tuman adliya bo‘limida bo‘ldi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarini hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalarga biriktirish orqali o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputati D. Mardonova Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limida bo‘lib, muassasa faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarga sifatli huquqiy yordam ko‘rsatish, qonunchilik targ‘ibotini kuchaytirish hamda deputatlik faoliyati doirasida adliya organlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bunday hamkorlik deputatlik nazoratini samarali amalga oshirish, fuqarolar manfaatlarini ta'minlash va hududdagi dolzarb masalalarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.
[26.06.2026 11:13] Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi: [ 3 photos ]

#162_qonun

Hamkorlik amalda – ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalar bilan biriktirilgan hamkorlik tizimi doirasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputati X. Turdiyev "Inson" ijtimoiy xizmatlar tuman bo‘limi rahbari A. Usmonov bilan uchrashib, tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, murojaatlar bilan ishlash hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Suhbat davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Bunday hamkorlik deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda davlat xizmatlari sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.