35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

⤵️Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi Deputati M.Salimova tomonidan Shahar “Toza hudud” korxonasi rahbari U.Abdullayev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

❗️Bunyodkor mahallasi hududida aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, 4-daha 19-uy, Xalqlar do‘stligi ko‘chasida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan aholi tomonidan e’tiroz va murojaatlar bildirildi.

📣 Maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilmasligi hududning sanitariya-gigiyena holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

🔴Shu munosabat bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan deputat so‘rovi yuborilib, mazkur holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda 10 kun muddat ichida rasmiy javob taqdim etish so‘raldi.

🔔Hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda fuqarolar uchun qulay va toza yashash muhitini yaratish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Slide 1 of 1