35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Deputat tomonidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan 2-Konchi saylov okrugida joylashgan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi binosida mavjud bo‘lgan 2 (ikki) dona lift qurilmasi uzoq yillar davomida foydalanilmagani oqibatida jismonan va ma’nan eskirgani hamda texnik jihatdan yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi.

Mazkur holat, ayniqsa, og‘ir ahvoldagi va shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni binoning yuqori qavatlariga tezkor hamda xavfsiz olib chiqishda jiddiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Natijada tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, bemorlar va ularning yaqinlari uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Deputat tomonidan aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilotlar vakillariga lift qurilmalarini belgilangan tartibda ta’mirlash yoki zamonaviy lift uskunalari bilan almashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3