35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Mahalladagi xavfli daraxt holati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga "Noib ko‘prigi" saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida hududdagi mavjud muammolar va fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Bekbo‘tabek ko‘chasi ko‘cha boshisi, Bekbo‘tabek ko‘chasi 131-uyda yashovchi Sherqo‘ziyev Raxmatjon bilan uchrashilib, mahallada mavjud muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida ko‘cha boshisi tomonidan Bekbo‘tabek ko‘chasi 162-uy oldida joylashgan chinor daraxti qurib qolgani, natijada uning shoxlari sinib tushish xavfi mavjudligi hamda bu holat aholi, ayniqsa piyodalar va transport vositalari harakati uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgani ma’lum qilinib, ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan joyida o‘rganilib, qurib qolgan daraxtni belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazish, xavf tug‘dirayotgan qismlarini bartaraf etish hamda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4