35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
“Darband” mahallasi faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining kunlik ish rejasiga muvofiq mahallalarda kompleks o‘rganishlar davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-«Darband» saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar Xolmirzaevich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardonov tomonidan «Darband» mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida «mahalla yettiligi» faoliyati tizimli tahlil qilinib, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga baho berildi.

Shuningdek, mahalladagi infratuzilma holati, ichki yo‘llar, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Bundan tashqari, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi baholanib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6