35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Chinor” mahallasida fuqarolarning sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabulda mahalla fuqarolari tomonidan ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yer va kadastr masalalari hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardagi bir qator murojaatlar bildirildi.

Deputat har bir murojaatni alohida tinglab, ularning mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rgandi. Qabulda ishtirok etgan tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida murojaatlarni joyida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayrim masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va moliyaviy mablag‘ talab etadigan murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun mutasaddi tashkilotlarga yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 2