35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov Xoʻjaporso mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan kutubxona faoliyati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar uchun yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy muhitni tahlil qilish, kutubxona fondining holati, xizmat ko‘rsatish sifati hamda yoshlar tomonidan undan foydalanish darajasini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Jarayon davomida kutubxonada mavjud kitob fondi, zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, yoshlar uchun yaratilgan o‘quv va dam olish sharoitlari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, kutubxona faoliyatini mahalla hayotining faol markaziga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashabbuslar Xoʻjaporso MFY hududida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3