35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Nurobodda sayyor qabul o‘tkazildi

Nurobodda sayyor qabul o‘tkazildi

⚡️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Anvar Muratov va Ilhom Botirov Nurobod tumanining Oqsoy mahallasida sayyor qabul tashkil etdi.

➡️ Sayyor qabulda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari, partiya vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladi.

✅ Ochiq muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, ichki yo‘llar holati, maktab va poliklinika faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan mas’ullar tomonidan zarur tushuntirishlar berildi.

✅ Qabul jarayonida ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

✍️ Shuningdek, har bir murojaat bo‘yicha mas’ul idora va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

🌀 Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5