35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI


📊 XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI

📌 Xalq deputatlari Olamzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport hamda yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi yuzasidan tizimli nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi.

📎 Hisobot davrida 6 nafar komissiya a'zosi ishtirokida
3 ta komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, 9 ta masala Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyalari kun tartibiga kiritildi. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📚 Komissiya faoliyati quyidagi qonunlar asosida amalga oshiriladi:

🔹 "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-603, 06.09.2014) – mahalliy Kengashlar va doimiy komissiyalar vakolatlarini belgilaydi.
🔹 "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-737, 15.12.2021) – deputatlarning huquq va majburiyatlari hamda deputatlik nazoratini tartibga soladi.
🔹 "Ta'lim to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-637, 23.09.2020) – ta'lim sohasidagi davlat siyosati va ta'lim muassasalari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
🔹 "Aholini ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🔹 "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-406, 14.09.2016) – yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
🔹 "Madaniyat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-786, 24.05.2022) – madaniyat sohasini rivojlantirish va madaniy merosni asrashning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🔹 "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-394, 04.09.2015) – jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid munosabatlarni tartibga soladi.
🔹 "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-474, 12.04.2018) – davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratining huquqiy asoslarini belgilaydi.

✅ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining doimiy komissiyasi tomonidan aholi manfaatlarini himoya qilish, sifatli ijtimoiy xizmatlarni ta'minlash hamda yoshlar, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1