35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MADANIY-MA’RIFIY TADBIRGA TAKLIF

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna deputatlik faoliyati olib borilayotgan 8 Lutfiy saylov okrugi hududidagi “Lutfiy” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” bosh g‘oyasi ostida tashkil etilayotgan “Mustaqillik kinokarvoni” loyihasiga tantanali start beriladi.

2026-yil 21-iyul kuni mahalla aholisi hamda barcha fuqarolar “Jadid ma’rifati” nomli hujjatli kinofilm namoyishi, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan madaniy-ma’naviy ko‘ngilochar dasturda ishtirok etishga taklif etiladi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash, jadidlar merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va yuksak ma’naviyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Barchangizni ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Slide 1 of 1