35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🚰 Muammo o‘z yechimini topdi: 26-son maktabgacha ta'lim tashkiloti ichimlik suvi bilan ta'minlandi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan "Chag‘atoy" mahallasi hududida joylashgan 26-son maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borilgan edi.

🔍 O‘rganish davomida muassasada ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlanib, mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tashabbusi bilan "Suv yetkazib berish xizmati" DM bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.

💧 Natijada 26-son maktabgacha ta'lim tashkiloti ichimlik suvi bilan ta'minlanib, muassasadagi muhim muammolardan biri ijobiy hal etildi.

✅ Aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun munosib sharoit yaratish, ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5