35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov hamda kotibiyat xodim N.Kurganova tomonlaridan tumanning markaziy kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonada kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv zallari, kitob fondining holati, yangi adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, elektron kitoblar bazasi, internet xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kitoblarni hisobga olish va saqlash tizimi, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda turli yosh toifalari uchun tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tahlil qilindi.

Deputat kutubxona xodimlari bilan suhbat davomida aholi, ayniqsa, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, kitob mutolaasiga qiziqishni oshirish, yangi adabiyotlar bilan kitob fondini boyitish va zamonaviy axborot xizmatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, kutubxonaga tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratish, o‘quv zallarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, kompyuter texnikasi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, elektron xizmatlarni rivojlantirish hamda kitobxonlar sonini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
 

Slide 1 of 7