35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Mahallabay ish tizimi va deputatlik nazorati: "Jayhun" mahallasida aholi muammolari va PF-116 Farmoni ijrosi o‘rganildi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova ishtirokida “Jayhun” mahallasida bo‘lib, hududiy faoliyatni nazoratdan o‘tkazdilar.

💬Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil qilinib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

💬Mas’ullar mahalla faollari bilan uchrashib, PF-116-sonli Farmon doirasida mahalla boshqaruvini yangi bosqichga ko‘tarish, "mahalla yettiligi" a’zolarining hamkorligini kuchaytirish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini tahlil qildilar.

💬Shundan so‘ng, deputatlar hudud aholisi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdilar. Aholi tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb muammolardan biri — elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar va kuchlanishning (tokning) o‘ynashi (beqarorligi) bo‘ldi. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida elektr tarmoqlaridagi bu nosozliklar fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

💬Aholi tomonidan bildirilgan mazkur masalalar deputat G.Abramatovaning shaxsiy murojaat daftariga qayd etildi.

💬Elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish, transformator punktlarini yuklamalarga moslashtirish hamda aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

💬"Mahalla boshqaruvi bo‘yicha Prezident Farmoni ijrosining eng asosiy mezoni — xalqning roziligidir. Elektr energiyasidagi uzilishlar — bu shunchaki texnik muammo emas, bu aholining yashash sharoitiga ta’sir qiluvchi jiddiy masala. Har bir murojaat ortida inson manfaati turibdi, shu bois masalani qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha qat’iy talablarimizni qo‘yamiz," — deya ta'kidladi deputat.
Slide 1 of 2