35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Muammolar yechimi deputatlik nazoratida

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Muammolar yechimi deputatlik nazoratida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Yunusov tomonidan Sergeli tumanidagi "Mehrigiyo" mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganishlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, Sergeli tuman hokimligi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Furqat Muxiddinov, Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari, mahalla raisi hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

📝 Hududni ko‘zdan kechirish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida transformator punktlarining texnik holati, elektr ta’minoti xavfsizligi, ishlamayotgan kuzatuv kameralari, mahalladagi obodonlashtirish va xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Mahalla ahli mavjud muammolar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘radi.

🔎 O‘rganish jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi.

📁 Xususan, elektr energiyasi ta’minoti, mahalladagi jamoat xavfsizligi, kuzatuv kameralarining ishlash holati, ichki ko‘chalardagi infratuzilma, hududni obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratishga oid masalalar yuzasidan mas’ullar bilan batafsil fikr almashildi.

📉 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputat tomonidan qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, transformatorlar va kuzatuv kameralari bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi hamda ijrosi qat’iy nazorat qilinishi belgilandi.

🤝 Shuningdek, mahalla faollari bilan doimiy muloqotni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va barcha masalalar yuzasidan mutasaddi idoralar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

🌱 Hududlarda xavfsiz, qulay va obod yashash muhitini yaratish, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish hamda ularning hayot sifatini yaxshilash yo‘lidagi bunday o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4