Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Fuqorolar qabuli oʻtkazildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#fuqorolar_qabuli

Fuqorolar qabuli oʻtkazildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev hamda Qiziriq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari U. Panjiyev tomonidan tuman Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, uy-joy, yer munosabatlari, kommunal xizmatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat mazmunan atroflicha o‘rganilib, ularning ijobiy yechimini ta'minlash maqsadida mas'ul tashkilot va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

Fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo hamda takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish deputatlik faoliyatida ham muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Bunday qabullar orqali fuqarolarning murojaatlari tizimli ravishda ko‘rib chiqilib, ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5