Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
VILOYAT VA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIKDA O‘ZLARI SAYLANGAN HUDUDDA JAMOATCHILIK NAZORATINI O‘TKAZDI. MAKTAB INFRATUZILMASI OʻRGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-"Nevich" saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomitdinov Muhsiddin Muhiddin o‘g‘li hamkorlikda o‘zlari saylangan hudud "Nevich" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 20-sonli umumta'lim maktabida jamoatchilik nazorati tadbirini o‘tkazdi.Viloyat va tuman Kengashi deputatlarining o‘zaro hamkorligi asosida tashkil etilgan mazkur nazorat tadbiri davomida maktabning bugungi holati,mavjud infratuzilmasi hamda ta'lim jarayonini tashkil etish masalalari atroflicha o‘rganildi.Aniqlanishicha, maktab 2005-yilda qurilgan bo‘lib, 210 o‘rinli asosiy binodan iborat. Asosiy binodan 300 metr uzoqlikda joylashgan qo‘shimcha bino esa 1989-yilda qurilgan bo‘lib, 2018-yilda 300 o‘rinli ta'lim binosi sifatida moslashtirilgan. Shu tariqa maktabning umumiy quvvati 510 o‘rinni tashkil etadi.Biroq o‘quvchilar sonining ortib borayotgani sababli ta'lim jarayoni ikki smenada tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan maktab uchun qo‘shimcha 350 o‘rinli o‘quv binosini qurish hamda yangi barpo etilgan sport maydonchasini zarur sport jihozlari bilan ta'minlash zarurligi qayd etildi.Shuningdek, maktab hududida "Tozza qo‘llar" dasturi doirasida zamonaviy sanitariya-gigiyena talablariga javob beruvchi hojatxona qurilishi olib borilayotgani ham o‘rganildi.Nazorat yakunida aniqlangan muammolar va takliflar mas'ul tashkilotlarga deputatlar tomonidan yetkazildi. Viloyat va tuman Kengashi deputatlari ushbu masalalarning ijobiy yechim topishi hamda belgilangan vazifalar ijrosini hamkorlikda deputatlik nazoratida olib borishlarini ma'lum qildilar.  

Slide 1 of 5