Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N. Olimov tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan "Madina TNM" MCHJ faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputat tashabbusi bilan 24 nafar ishsiz xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, korxonaga ishga qabul qilingani hamda ularning doimiy bandligi ta'minlangani qayd etildi.

Shuningdek, mahalladagi hokim yordamchisi N. Urolxonov tomonidan korxona faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida dastlab 50 million so‘m, keyingi bosqichda esa 150 million so‘m kredit ajratish bo‘yicha kelishuvga erishilgani, ayni paytda buning uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilayotgani ma'lum qilindi.

Deputat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi, ayniqsa xotin-qizlar bandligini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari D.Ataxonov va M.Xalimov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 1