Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi B.Urinboyevning yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularga ajratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, kasb-hunar o‘quv kurslariga yo‘naltirish, subsidiya va kreditlar olishda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar tahlil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ishsiz yoshlarni bandlikka jalb qilish ko‘lamini kengaytirish, “Yoshlar daftari” bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2