Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Yoʻl harakati xavfsisligini ta'minlash maqsadida noqonuniy joylashtirilgan yo‘l belgisi olib tashlandi

Bo‘stonliq tumani fuqarolarining 2026-yil 15-iyuldagi murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, doimiy komissiya raisi F.Axmedov, kotibiyat mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i A.Utegenov ishtirokida 16-iyul kuni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aniqlanishicha, tumanning “Dumaloq” mahallasi hududidan o‘tgan “Toshkent-Bektemir-Chorvoq” avtomobil yo‘lining “Dumaloq Stroy” savdo majmuasi yaqinida Yo‘l harakati qoidalarining 2.5 “STOP” belgisi 2.4 “Yo‘l bering” belgisi bilan birgalikda, avtomobil yo‘lining tepalikka ko‘tarilish qismiga joylashtirilganligi, bu holat avtotransport vositalariga to‘xtab qo‘zg‘alishda noqulaylik tug‘dirayotganligi, shu bilan birga asossiz jarimalar to‘lashga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.

Tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i A.Utegenov tomonidan mazkur yo‘l belgisi tumanning yo‘l belgilar bazasida ro‘yxatga olinmaganligini aniqlashtirib, tegishli mutasaddilarga ushbu belgini darhol olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Deputatlar va ichki ishlar organi xodimlari hamkorligida tezkor harakatlari natijasida aholining ko‘plab muammolarini barham etilishiga erishildi.

Slide 1 of 7