Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Qonunlar ijrosi va mahalla faoliyati deputat nazoratida.
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala
Qonunlar ijrosi va mahalla faoliyati deputat nazoratida.


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "15-Telpakchinor" saylov okrugi deputati, tuman Kengashi bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan Sariosiyo tumanidagi “Diydor” mahallasida mahalla xodimlari ishtirokida hokim yordamchisi faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–139-son Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Deputatlik nazorati davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat “xonadonbay” o‘rganildi. Jumladan, aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalanish holati, shuningdek, daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlari tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shakllangan ixtisoslashuv hamda mehnat resurslarini inobatga olgan holda rivojlantirishga turtki beruvchi omillar va yo‘nalishlar, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash holati o‘rganildi.
 Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilarga amaliy tavsiyalar berildi. Qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
Slide 1 of 2