Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
“AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 12-«O‘choq» saylov okrugidan saylangan deputati Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida markazning ish faoliyati, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifati, mavjud kitob fondi,kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qonun talablarining amaliy ijrosi bilan yaqindan tanishildi.Shuningdek, deputat tomonidan markaz mutaxassislariga qonun ijrosi
yuzasidan bir qator savollar berildi. Jumladan, kitob fondini yangilash va boyitish ishlari qanday tashkil etilgani, elektron kutubxona xizmatlaridan foydalanuvchilar soni va ularga yaratilgan imkoniyatlar, aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar,kitobxonlar murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil ma’lumot olindi.O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash,kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda markaz faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 4