Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Deputat xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli G.Suyerovaning mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash hamda oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda muammoli oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

🔺O‘rganish davomida xotin-qizlar bandligini oshirish, ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish hamda manzilli ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1