Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Muammolar joyida o‘rganilmoqda: "Farxod" mahallasidagi Baxriston ko‘chasida yo‘l cho‘kishi va simyog‘ochlar muammolari deputatlik nazoratiga olindi!

Mas'ullar mahalladagi Baxriston ko‘chasida bo‘lib, aholi xavfsizligi va kundalik turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yo‘l va kommunal infratuzilma holatini ko‘zdan kechirdi.

Ko‘chani ko‘zdan kechirish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

Quduq (kolodes) atrofidagi yo‘l cho‘kishi: Ko‘chadagi muhandislik tarmog‘i qudug‘i (kolodes) atrofidagi asfalt qoplamasida o‘pirilish va cho‘kish yuzaga kelgan. Bu holat avtotransport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bermoqda.

Eskirgan elektr simyog‘ochlar: Ko‘cha bo‘ylab o‘rnatilgan elektr simyog‘ochlarining ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirganligi, simlarning osilib yotganligi aniqlandi.

Baxriston ko‘chasida aniqlangan barcha kamchiliklar Kengash raisi D.Normuradovaning maxsus murojaat daftariga nazoratga olinishi uchun batafsil qayd etildi.

Mazkur muammolarni fursatda bartaraf etish, cho‘kkan yo‘l qismini ta’mirlash hamda eskirgan simyog‘ochlarni xavfsiz temir-beton ustunlarga almashtirish yuzasidan shahardagi mutasaddi tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

"Yo‘llarning xavfsizligi va elektr tarmoqlarining sozligi — aholi farovonligining eng asosiy omillaridir. Baxriston ko‘chasidagi quduq atrofida yo‘l cho‘kishi va simyog‘ochlar holati xavfsizlik talablariga mutlaqo javob bermaydi. Ushbu muammolarni daxldor idoralar bilan birgalikda qisqa fursatda hal etilishini deputat sifatida oxirigacha nazorat qilaman," — dedi Kengash raisi.

Slide 1 of 2